15 daqiqalik professional videodarslar
Hech qanday keraksiz gaplar yoki cho'zilgan ma'ruzalarsiz, faqat eng zarur amaliy bilimlar. Videoni ko'rish bilan birga uning tagida tayyor konspektni o'qib borish mumkin.
Edudrop — dars jadvaliga bog'lanmasdan, kuniga bor-yo'g'i 15 daqiqa ajratib til o'rganish imkonini beradi. Har bir bosqichda sizni sifatli videodarslar, mavzulashtirilgan konspektlar, o'zlashtirishni kafolatlovchi 15 talik testlar, tezkor tarjimon hamda so'z boyligini mustahkamlovchi qiziqarli o'yinlar kutmoqda.
Edudrop platformasida xarid qilingan har bir o'quv moduli sizga nafaqat yangi bilim beradi, balki "Yorvor" aksiyasida +100 ball taqdim etadi. Do'stlaringizni taklif qiling, narxni tushiring va reytingda 1-o'ringa chiqib bosh sovrinni qo'lga kiriting!
💥 Yorvor Aksiyasida Qatnashish →* Har 2,000 ta kurs xaridi yakunlanganida Leaderboard'da 1-o'rinni egallagan eng faol ishtirokchiga iPhone 17 topshiriladi.
Jonli darslar yo'q — natijani tizim va metodika kafolatlaydi.
Hech qanday keraksiz gaplar yoki cho'zilgan ma'ruzalarsiz, faqat eng zarur amaliy bilimlar. Videoni ko'rish bilan birga uning tagida tayyor konspektni o'qib borish mumkin.
Har bir dars yakunida mavzuni mustahkamlovchi test bo'ladi. Undan kamida 52% (kamida 8 ta to'g'ri javob) to'plamagan o'quvchiga keyingi dars qulfdan ochilmaydi. Natija har qadamda kafolatlanadi.
Lug'at qidirib boshqa dasturlarga o'tib o'tirmaysiz. Tizim ichidagi tarjimon orqali Inglizcha-O'zbekcha yoki Ruscha-O'zbekcha so'zlarni bir zumda tarjima qilib olishingiz mumkin.
Zerikmasdan so'z yodlash uchun maxsus o'yinlar: «Bot bilan so'z jangi», «So'z topar matritsasi» va «Oxirgi harfga so'z topish zanjiri» darsdan tashqari vaqtingizni ham foydali qiladi.
Dars tugagach ham mashq davom etadi — uchta interaktiv trenajyor kabinetda ochiq turadi.
Bot bilan navbatma-navbat so'z aytasiz. Tezlik va aniqlik uchun ball to'planadi — reytingda o'z o'rningizni ko'rib turasiz.
Harflar to'rida yashiringan so'zlarni toping. Har bir topilgan so'z lug'atingizga avtomatik qo'shiladi.
Oldingi so'zning oxirgi harfidan yangi so'z boshlanadi. Zanjir uzilmasa — ball ko'payadi.
Qaysi tilni o'rganmoqchisiz? Tanlang — kurs dasturi darhol almashadi. To'lovdan so'ng modul darslari kabinetda bir zumda ochiladi.
Kursdagi barcha videodarslar, konspektlar va test savollari xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan tuzilgan. Darslar jonli o'tilmaydi — bu mutaxassislar dasturni professional videoformatda ishlab chiqqan.
«Menga eng yoqqani — jonli efir kutib o'tirmaysiz. Xohlagan vaqtimda 15 daqiqalik videoni ko'raman. Tagidagi tayyor konspekt esa daftarga yozib o'tirishdan qutqardi. Testdan o'tmasang dars ochilmasligi esa odamni chalg'imaslikka majbur qiladi».
«Rus tilidagi darslar juda tushunarli ekan. Ayniqsa saytning o'zida tarjimon borligi va dars oralig'ida so'z o'yinlari bilan mashq qilish judayam qulay. Narxi esa juda arzon».
«19,900 so'mga dars sotib olib ham o'rganishni boshladim, ham Yorvor aksiyasida ball oldim. Qisqa darslar yo'lda ketayotganda ham ko'rishga juda bop ekan».
Yo'q. Kurslar 100% mustaqil ta'lim formatida tayyorlangan. Siz qat'iy jadvalga bog'lanib qolmaysiz — oldindan yozib olingan professional videodarslarni o'zingizga qulay vaqtda ko'rib, konspektlar, testlar va o'yinlar orqali o'rganasiz.
Saytning yuqori o'ng burchagidagi «Kirish» tugmasi orqali o'quvchi kabinetiga o'tasiz. Ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz va parolingizni kiritish orqali darslar joylashgan LMS tizimiga kirishingiz mumkin.
Ta'lim sifati va natija kafolatlanishi uchun tizim darslarni ketma-ket qulflaydi. Oldingi darsni to'liq ko'rib, dars oxiridagi 15 talik testdan kamida 52% to'plaganingizdan keyingina navbatdagi dars ochiladi.
Saytdagi istalgan ta'lim modulini xarid qilganingizda sizga avtomatik tarzda +100 ball beriladi va profilingiz iPhone 17 sovrini uchun o'tkaziladigan Yorvor reytingida ishtirok etishni boshlaydi.
To'lovlar Payme, Click, Uzum Pay va Paynet orqali to'g'ridan-to'g'ri «HOMEWORK» MCHJ rasmiy hisobiga qabul qilinadi va qonuniy elektron fiskal chek taqdim etiladi.